Namangan viloyati futbol assotsiatsiyasi va viloyatidagi futbol murabbiylari ishtirokida yig'ilish o'tkazildi.

Bugun Namangan viloyati futbol akademiyasining majlislar zalida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ommaviy va professional futbolni har tomonlama rivojlantirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori (http://lex.uz//docs/-6426271) ijrosini ta’minlash va viloyatda futbolni rivojlantirish, tumanlarda joylashgan umumta’lim maktablarida futbolga iqtidori boʻlgan bolalarni saralab olish va hamkorlikda seleksiya ishlarini olib borish maqsadida viloyatdagi futbol murabbiylari ishtirokida yigʻilish boʻlib oʻtdi. Yigʻilishda Namangan viloyati futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Shuxrat Mirxoldirshayev, Namangan viloyati futbol akademiyasi direktori Gʻanisher Ismailov, Namangan viloyat futbol maktabi direktori Sanjar Asqaraliyev va futbol akademiya va futbol maktabi murabbiylari ishtirok etishdi. Yigʻilishda koʻzlangan maqsad viloyatda joylashgan umumta’lim maktabi oʻquvchilari ishtirokida Maktablarda futbol dasturi doirasida turli musobaqalarni oʻtkazish orqali futbol akademiyaga seleksiya ishlarini olib borishning maqsadli vazifalari muhokama qilindi.

Bog'lanish

Namangan shahar Davlatabod tumani 1-kichik noxiya mustaqillik MFY Navbahor ko'cha 15-uy
namangan1fmm@minsport.uz