2011-yilda tavallud topgan tarbiylanuvchilarimiz "Do'stlik-Cup" turnirda ikkinchi o'rinni qo'lga kiritishdi.

Joriy yilning 1-noyabr sanasidan boshlab poytaxtimiz Toshkent shahrida "Do'stlik-Cup" xalqaro turniri bo'lib o'tdi. Turnirda Qozog'iston, Qirg'iziston va O'zbekistondagi porfessional futbol klublari qoshidagi futbol maktablari va akademiyalar qatori Namangan viloyati futbol akademiyasining 2011-yilda tavallud topgan tarbiyalanuvchilari ham ishtirok etdi. Tarbiyalanuvchilarimiz musobaqada Qayrat (2:1), BFK Aziya (3:2), Paxtakor (3:3), jamoalariga qarshi bahs olib borishdi. Chorak finalda esa Do'stlik jamoasini (7:6), yarim finalda esa Paxtakor 79 jamoasini (1:0) hisobida mag'lub etib, finalda Bunyodkor jamoasiga (2:4) hisobida imkoniyatni boy berishdi.

Bog'lanish

Namangan shahar Davlatabod tumani 1-kichik noxiya mustaqillik MFY Navbahor ko'cha 15-uy
namangan1fmm@minsport.uz