Unda FIFA texnik departamenti bosh mutaxassisi Mishel Sablon, O‘FA birinchi vitse prezidenti Ravshan Irmatov, hududiy assotsiatsiyalar vitse-prezidentlari hamda texnik direktorlari ishtirok etmoqda. Seminarda FIFAning Ommaviy va professional futbolni bosqichma-bosqich rivojlantirishga qaratilgan “Grassroots” va “Elite Youth” dasturlarining maqsadi, vazifalari, iqtidorli yoshlarni futbolga saralab olish hamda o’quvchilar o’rtasida futbol musobaqalarini tashkil etish bo‘yicha mavzular qamrab olindi. Mishel Sablon Belgiya futbolidagi tajribasidan kelib chiqib, rivojlanish strategiyasi haqida ma‘lumot berdi.