Yil yakunlariga bag'ishlangan marosim bo'lib o'tdi.

Bugun Namangan viloyati futbol akademiyasiga qarashli Yosh Kuch stadionida yil yakunlariga bag'ishlangan marosim bo'lib o'tdi. Tadbirda Namangan viloyati yoshlar siyosati va sport boshqarmasi boshlig'i Anvar To'ychiyev, Namangan viloyati futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Shuhrat Mirxoldirshayev fahriylar, va futbol jamoatchiligi vakillari ishtirok etishdi. Dastlab Namangan viloyati futbol assotsiatsiyasi tomonidan joriy yil o'tkazilgan Namangan viloyati bolalar futbol ligasi musobaqasining g'olib va sovrindorlari taqdirlandi. Shundan so'ng yilning eng yaxshi murabbiyi, yilning eng yaxshi futbolchisi va yilning eng yaxshi hakami bo'yicha nominatsiyalar o'z egalariga topshirildi. Sundan so'ng viloyat futbol akademiyasi tomonidan bir qator futbolchilar va futbolchilarning ota-onalariga tashakkurnoma va esdalik sovg'alari topshirildi.

Bog'lanish

Namangan shahar Davlatabod tumani 1-kichik noxiya mustaqillik MFY Navbahor ko'cha 15-uy
namangan1fmm@minsport.uz