“Navbahor farm” U-19 jamoasi yirik hisobda g‘alaba qozondi.

U-19 chempionatining navbatdagi turi doirasida “Navbahor farm”U-19 jamoasi o‘z maydonida “Olimpik”U-19 jamoasiga qarshi bahs olib bordi. Keskin va murosasiz ruhda kechgan bellashuvda jamoamiz yirik 5:0 hisobida g‘alaba qozondi. Elbek Yo‘lchiyev uchrashuvda raqib darvozasini 3 bor ishg‘ol etdi, Farrux  Abdurahmanov va Shohrux Isomiddinov raqib darvozasiga gol kiritib jamoaning yirik hisobdagi g‘alabasiga o‘z xissasini qo‘shdi.

Bog'lanish

Namangan shahar Davlatabod tumani 1-kichik noxiya mustaqillik MFY Navbahor ko'cha 15-uy
namangan1fmm@minsport.uz