Farhod Nishonov boshqaruvidagi Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi joriy yili U-20 Osiyo kubogi saralash bahslarida ishtirok etadi. Oldinda turgan musobaqalarga reja asosida tayyorgarlik koʻrish maqsadida bugun vakillarimiz Toshkentda navbatdagi oʻquv-mashgʻulot yigʻinlariga kirishishdi. 25-yanvardan boshlab yigʻinning ikkinchi qismi Indoneziyaning Jakarta shahrida davom ettiriladi. Ushbu yig‘inga futbol akademiyamiz tarbiyalanuvchisi Sherzod Abdulboriyev ham chaqiruv oldi.