“Ommaviy va professional futbolni rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta‘minlash

Avval xabar berganimizdek Namangan viloyati futbol akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ommaviy va professional futbolni rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta‘minlash va seleksiya ishlarini samarali yo‘lga qo‘yish, murabbiylar o‘rtasida o‘zaro tajriba almashish maqsadida Pop tumani 2-sonli sport maktabi bilan hamkorlik memorandumi imzolangan edi. Hamkorlik rejasiga muvofiq Pop tumani 2-sonli sport maktabida futbol sir-asrorlarini o‘rganayotgan yosh futbolchilar ishtirokida seleksiya ishlari olib borilmoqda. Yosh futbolchilar kuniga ikki mahaldan Yosh-kuch va futbol akademiya maydonlarida mashg‘ulotlarini olib borishmoqda. Pop tumani shahar hududiga nisbatan masofasi uzoqligini inobatga olgan holda yosh futbolchilar yotoq joylari bilan ham ta’minlandi.

Bog'lanish

Namangan shahar Davlatabod tumani 1-kichik noxiya mustaqillik MFY Navbahor ko'cha 15-uy
namangan1fmm@minsport.uz