O‘zbekiston Respublikasi sport vaziri maslaxatchisi Namangan viloyati futbol akademiyasiga tashrif buyurdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Futbol ta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish hamda xalqaro standartlarga mos keladigan futbol infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash va futbol akademiyalar infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida, bugun Namangan viloyati futbol akademiyasi tasarrufidagi  “Yosh kuch” o‘yingohiga O‘zbekiston Respublikasi sport vaziri maslaxatchisi Avazbek Karimov va Namangan viloyati sport boshqarmasi boshlig‘i Anvarjon Tuychiyev tashrif buyurdi. Tashrif davomida Yosh kuch o‘yingohida amalga oshirilayotgan 2-bosqich qurilish loyihalari bilan tanishib, yangi barpo etilayotgan 3-qavatli bino-inshooti qurilishi bo‘yicha ma’sullarga taklif va ko‘rsatmalar berdi.

Bog'lanish

Namangan shahar Davlatabod tumani 1-kichik noxiya mustaqillik MFY Navbahor ko'cha 15-uy
namangan1fmm@minsport.uz