Farhod Nishonov boshqaruvidagi O'zbekiston U-19 terma jamoasi iyul oyida Fransiya poytaxti Parij shahrida yig'in o'tkazgan holda, Fransiyaga qarshi o'rtoqlik o'yinlarida ishtirok etadi. Oldinda turgan U-20 Osiyo kubogi musobaqasiga tizimli tayyorgarlik ko'rayotgan jamoamiz tarkibida to'p surishga nomzod bo'lgan bir qator iqtidorli futbolchilarni sinovdan o'tkazish maqsadida, ayni kunlarda Toshkent shahrida o'quv-yig'in mashg'ulotlari o'tkazilmoqda. O'tkazilayotgan o'quv yig'in mashg'ulotlarda futbol akademiyamizning 3 nafar tarbiyalanuvchilari Ozod Ma'rupov, Sherzod Abdulboriyev, Behruz karimov ishtirok etmoqda.