3 nafar tarbiyalanuvchilarimiz terma jamoa yig'iniga chaqiruv oldi.

4-14 sentyabr kunlari Jamoliddin Raxmatullayev murabbiyligidagi Oʻzbekiston oʻsmirlar terma jamoasi Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko'rish maqsadida Turkiya davlatida navbatdagi o'quv-yig'in mashg'ulotlarini o'tkazadi. Yigʻin doirasida Marokash U-17 termasiga qarshi 8, 11-sentyabr kunlari oʻrtoqlik oʻyinlari boʻlib oʻtadi. Bosh murabbiy Jamoliddin Rahmatullayev tomonidan yigʻinga jalb etilgan futbolchilarning roʻyxatida futbol akademiyamiz tarbiyalanuvchilari darvozabon Ozod Ma'rupov va ximoyachilar Sherzod Abdulboriyev va Bexruz Karimov ham o'rin olgan.

Bog'lanish

Namangan shahar Davlatabod tumani 1-kichik noxiya mustaqillik MFY Navbahor ko'cha 15-uy
namangan1fmm@minsport.uz